Bizning manzil:
111215, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur ko'chasi 4-uy Elektron manzil: ilmiymarkaz@karantin.uzO`simliklar karantini va himoyasi ilmiy tadqiqot institutida tadqiqotlar davom etmoqda.

Yaylov, yem-xashak, moyli va dorivor o‘simliklar zararli organizmlariga qarshi kurashish laboratoriyasi xodimlari tomonidan 11.11.-13.11.2024 kunlari Navoiy viloyatining Xatirchi va Karmana tumanlari hududlaridan rivojlanishi kech davom etgan, voyaga yetgan osiyo chigirtkasining namunalari yig‘ib kelindi va ushbu turdagi chigirtkalarning laboratoriya sharoitida tuxum qo‘yish bo‘yicha tajribalari o‘tkazildi va 2 dona tuxum ko‘zachalari tuxum qo‘yganligi qayd etildi. Shuningdek Samarqand viloyati hududlaridan yig‘ib kelingan zararli chigirtkalar tuxum ko‘zachalarini sovutgich va termostatlarga qo‘yilib, tuxum ko‘zachalardan zararli chigirtkalar lichinkalari chiqqanligi qayd etildi hamda ushbu yosh lichinkalarni laboratoriya sharoitida rivojlanishini kuzatish uchun boshoqli don ekinlari o‘stirilib ular oziqlantirib boqilmoqda. Tadqiqotlar davom etadi...