Bizning manzil:
111215, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur ko'chasi 4-uy Elektron manzil: ilmiymarkaz@karantin.uzO`simliklar karantini va himoyasi ilmiy tadqiqot institutida tadqiqotlar davom etmoqda.

✅“O’simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti“da tadqiqotlar davom etmoqda.
🇸🇱🌿“Ombor zararkunandalariga qarshi kurashish” laboratoriyasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash davrida uchrovchi zararkunandalarni o‘rganish bo‘yicha laboratoriya ilmiy xodimlari va doktorantlar ilmiy izalnishlar olib borishmoqda. Laboratoriya mudiri B.Murodov Ilmiy xodimlar J.Eshmurzaev va M.Shaymanovlar tomonidan turli qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash davrida uchrovchi janub ombor parvonasi, terixo‘rlar va boshqa zararkunandalar rivojlanishi va ularga qarshi kurash choralari ustida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
Laboratoriyaga biriktirilgan doktorant N. Qodirov tomonidan kichik un mitasining va doktorant S.Avazov tomonidan surinam unxo‘rining rivojlanishi va biologiyasi o‘rganilmoqda.
Kichik un mitasining turli ozuqalarga rivojlanish jarayonini o’rganish ham amalga oshirilyapti.