Bizning manzil:
111215, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur ko'chasi 4-uy Elektron manzil: ilmiymarkaz@karantin.uzO`simliklar karantini va himoyasi ilmiy tadqiqot institutida tadqiqotlar davom etmoqda.

✅“O’simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti” da tadqiqotlar davom etmoqda.
🇸🇱🌿“Agrotoksikologiya va oziq-ovqat xavfsizligi” laboratoriyasi xodimlari yuqori samarali suyuqlik xromotografi (YUSSX) da ishlashni o‘rganish bosqichida. YUSSX da ishlashni o‘rganish jarayonida zararkunandalarga qarshi ishlatiladigan “regent” insektitsidining tahlil uslubini yaratish ustida ishlanmoqda. “Regent” preparatining fipronil ta’sir etuvchi moddasining standart namuna bilan mosligi, preparat tarkibidagi qo‘shimcha moddalarni yaratilgan uslubda to‘liq ajralishini ta’minlash ustida ishlar olib borilmoqda. Tahlil jarayoni uchun erituvchilar sistemasi, oqim tezligi, to’lqin uzunligi, termostat harotatini muqobil sharoitlarini topish ustida izlanish olib bormoqdalar.