Shrift o'lchami:

A

A

Sayt rangi:
A
A
A

O`simliklar karantini va himoyasi ilmiy tadqiqot institutida izlanishlar

O`simliklar karantini va himoyasi ilmiy tadqiqot institutida izlanishlar

“Agrotoksikologiya va oziq-ovqat xavfsizligi” laboratoriyasi xodimlari Respublika Agrokimyoviy tahlil markazida mavjud gaz xromatografi - mass-spektrometri (GC-MS) priborida ishlashni o‘rganish bosqichida. Ayni vaqtda oziq-ovqat namunalaridan pestitsid qoldig‘ini ekstraksiya qilib olish uchun ishlatiladigan erituvchilarni tahlil qilish jarayonlari ustida ish olib borilmoqda. Tahlilning muqobil sharoitini tanlash uchun harakatchan faza (tashuvchi gaz)ning oqim tezligi, termostat harotati, eritma konsentratsiyasi va boshqa kattaliklar aniqlanadi.