Bizning manzil:
111215, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur ko'chasi 4-uy Elektron manzil: ilmiymarkaz@karantin.uzO`simliklar karantini va himoyasi ilmiy tadqiqot instituti laboratoriyasi yangiliklari

Osimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutining “Zararkunanda va kasalliklardan biologik himoya qilish laboratoriyasi” ilmiy xodimlari Rynocoris marginatus entomofagi ustida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Ushbu entomofag o‘zining Kolorado qo’ng’izi, kuzgi tunlam va boshqa zararli hasharotlar qurtlariga qarshi yuqori samaradorligi bilan ajralib turadi.
🇸🇱🌿 Tadqiqotlar doirasi:
Rynocoris marginatus entomofagini qo‘llash imkoniyatlarini o‘rganish quyidagi yo‘nalishlarda olib borilmoqda:
1️⃣ Zararkunandalar populyatsiyasini qisqartirish bo‘yicha samaradorlik tahlillari.
2️⃣ O‘zbekistondagi agroiqlim sharoitlariga moslashtirish va biolaboratoriyalarda ko‘paytirish usullarini ishlab chiqish.
3️⃣ Fitosanitar xavf tahlili: Bu entomofagni O‘zbekistonda keng qo‘llash uchun xalqaro standartlarga muvofiqligini baholash va hududlar bo‘yicha ekologik xavfsizlikni ta'minlash.