Bizning manzil:
111215, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur ko'chasi 4-uy Elektron manzil: ilmiymarkaz@karantin.uzO'simliklar karantini va himoyasi agentligi hududiy boshqarmalari Zararsizlantirish (fumigatsiya) bo'limlari xodimlari uchun tashkil malaka oshirish o'quv kurslari tashkil etildi

O`simliklar karantini va himoyasi ilmiy tadqiqot instituti va uning mintaqaviy filiallari olimlari tomonidan 2023-yil mavsum uchun ekilishi rejalashtirilgan g‘o‘za urug‘larini sifatli dorilash tadbirlarini joyiga chiqqan holda o`quv seminarlar o‘tkazilmoqda.
Joriy yilning 22-fevral kuni Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti Andijon mintaqaviy filiali ilmiy xodimlari tomonidan Ulug‘nor tumaniga urug‘lik chigit yetkazib berish uchun mas'ul bo‘lgan "Andijon paxta urug‘chiligi" MCHJga qarashli Oltinko‘l urug‘chilik sexida seminar oʻtkazildi. Seinar davomida mas'ul xodimlarga, fermer xo‘jaligi va agroklaster xodimlariga urug‘li chigitni dorilashning ahamiyati va ishni to‘g‘ri tashkillashtirish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdilar
Viloyatda yuqori samaradorlikga erishish, paxtadan yuqori hosil olishda ushbu bosqich muhim hisoblanib, bunda urug‘lik chigitni sifatli dorilash talablari, dorilash preparatlar turlari, sarf me’yorlari va talablariga alohida e`tibor berildi.
Joriy mavsum paxta ekish jarayonlari yaqinlashyotganligi sababli sho`r yuvish, yerga ishlov berish, yerni meliorativ holatini yaxshilash, o`g`itlash, zararkunandalarga qarshi kurash choralarini oldindan ko`rish kabi yo`nalishlarda ham jadal ishlar tashkil qilinmoqda.