Shrift o'lchami:

A

A

Sayt rangi:
A
A
A

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi delegatsiyasi Xorvatiya Respublikasining Istra viloyati Porech shahridagi Qishloq xo‘jaligi va turizm ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati bilan tanishmoqda

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi delegatsiyasi Xorvatiya Respublikasining Istra viloyati Porech shahridagi Qishloq xo‘jaligi va turizm ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati bilan tanishmoqda

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi delegatsiyasi Xorvatiya Respublikasining Istra viloyati Porech shahridagi Qishloq xo‘jaligi va turizm ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati bilan tanishmoqda. Tajriba almashish loyihasi Germaniya texnik hamkorlik tashkiloti (GIZ)ning qo‘llab-quvvatlashi bilan amalga oshirilib, maqsad — o‘simliklar karantini va himoyasi sohasini ilmiy-amaliy rivojlantirish, tadqiqotlar usullarini xalqaro talablarga muvofiqlashtirishga qaratilgan.

Loyiha doirasida Agentlik mutaxassislari Xorvatiya davlati Porech shahrida joylashgan “Agrolaguna” firmasining uzum plantatsiyasida bo’ldilar.

Mutaxassislar uzum yetishtirishda kasallik va zararkunandalarga qarshi chidamli navlarni yetishtirish amaliyoti, mavsumda qarshi kurashish choralari, pishib yetilgan mahsulotlarni yig'ishtirib olish bo'yicha Xorvatiya tajribasi bilan tanishdilar. Ushbu institutda o'simliklarni himoya qilish va ekinlarni iqlim o'zgarishiga mostlashtirish tadqiqotlari, xo'jalik hisobini yuritish tizimi yuqori baholangan.

Shu bois ilg’or tajribani mamlakatimiz fitosanitariya sohasida uyg’unlashtirish rejalashtirilmoqda.