Shrift o'lchami:

A

A

Sayt rangi:
A
A
A

O‘simliklar karantini himoyasi ilmiy-tadqiqot institutida

O‘simliklar karantini himoyasi ilmiy-tadqiqot institutida

 Agentlik va ilmiy-amaliy loyihalar hisobidan moddiy texnik baza 4,0 mlrd. so‘mga teng jihozlar bilan bilan ta’minlandi.

  Qishloq xo‘jaligining 70 turdagi zararli organizmlarining 11 mingdan ortiq kolleksiyalari yaratildi.

  Mavsumda qishloq xo‘jaligi ekinlarini zararli organizmlardan himoya qilish bo‘yicha fermerlar va agroklasterlarga 200 ga yaqin ko‘rgazmali amaliy-o‘quv seminar o‘tkazildi.

  Xorijiy davlatlarning qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirilishidan eksportiga qadar bo‘lgan talablar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida 143 nafar mutaxassis, 67 nafar ilmiy xodim, fermer va dehqon xo‘jaliklarining 512 nafar vakili, jami 722 nafar xodimlarning malakasi oshirildi.

  “CABI” xalqaro ekspertlari ishtirokida 42 turdagi ekinlar bo‘yicha O‘simliklarni uyg‘unlashgan himoya qilish dasturi (IPM) to‘liq shaklda ishlab chiqilib, QR-kod orqali Agentlikning “Agroko‘makchi” mobil ilovasiga biriktirildi.

  O‘simliklar karantini va himoyasi-ilmiy instituti va TST agro klaster bilan hamkorlikda o‘zaro memorandum, Sardoba agroklaster bilan xizmat ko‘rsatish shartnomasi imzolandi hamda g‘o‘za, g‘alla va don dukkakli ekinlarni zararli organizmlarga qarshi kurash bo‘yicha hamkorlikda tajribalar amalga oshirilmoqda.

  Pestitsid va agroximikatlarni sinovlarni o‘tkazish yuzasidan uslubiy ko‘rsatmalar bo‘yicha qo‘llanma ishlab chiqildi.

  “Karantin xizmati − dehqonga ko‘makchi” loyihasi doirasida fermer, agroklaster, aholi va yer egalari ishtirokida olim va mutahsislar har xafta onlayn “Erkin muloqot” olib borilishi yo‘lga qo‘yildi.

  Xalqaro hamkorlik yo‘nalishida Italiya, Fransiya, Xitoy, Hindiston, Rossiya, Turkiya, Qirg‘iziston kabi mamlakatlarda xodimlarning malaka oshirilishi ta’minlandi.

  Respublikada zararkunandalarga qarshi birinchi marta foydali nematodlarni yalpi ko‘paytirish va qo‘llash texnologiyasini yaratildi.

  FAOning mutaxassislari bilan hamkorlikda Jizzax viloyatida biopestitsidlarni sinovdan o‘tkazildi.

  Eksport va import jaryonida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining fitosanitar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha xalqaro talablar asosida qo‘llanmalar ishlab chiqildi.

  Ilmiy-tadqiqot instituti olimlari o‘simliklarni xavfsiz, samarali himoya qilish yo‘nalishida o‘z ilmiy izlanishlarini davom ettirmoqda.