Shrift o'lchami:

A

A

Sayt rangi:
A
A
A

Osimliklar himoyasi sohasida hamkorlik aloqalari kengaymoqda

Osimliklar himoyasi sohasida hamkorlik aloqalari kengaymoqda

Osimliklar himoyasi sohasida hamkorlik aloqalari kengaymoqda

Germaniya Federativ Respublikasi Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi vazirligi Parlament davlat kotibi ma'sullari boshchiligida delegatsiya O'simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutiga tashrif buyurdi.

 Tashrif davomida institut direktor o'rinbosari O. Sulaymonov va institut olimlari bilan birgalikda delegatsiya a'zolari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ikki mamlakat o'rtasida o'simliklarni biologik himoya qilish sohasida hamkorlik aloqalari muhokama qilindi.

Shuningdek qishloq xo'jaligi sohasida, o'simliklarni himoya qilishda biologik kurashning yangi texnologiyalarini ishlab chiqarish yuzasidan ikki tomonlama foydali rejalar tuzildi.

Uchrashuvdan so'ng delegatsiya vakillari Ilmiy-tadqiqot institutning laboratoriyalarida o'tkazilayotgan ilmiy-tadqiqotlar bilan yaqindan tanishdi.

Bu tashrif ikki mamlakat o'rtasidagi qishloq xo'jalik sohasidagi ilmiy va amaliy hamkorlikni yanada chuqurlashishiga xizmat qiladi.