Shrift o'lchami:

A

A

Sayt rangi:
A
A
A

Xitoy texnologiyasi asosida makkajo‘xori duragaylari urug‘chiligini tashkil etish

Xitoy texnologiyasi asosida makkajo‘xori duragaylari urug‘chiligini tashkil etish

Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi O‘simliklar genetik resurslar ilmiy-tadqiqot institutida “Xitoy texnologiyasi asosida makkajo‘xori duragaylari urug‘chiligini tashkil etish” bo‘yicha ko‘rgazmali o‘quv-seminar bo‘lib o‘tmoqda. 

Unda Qishloq xo‘jaligi vazirligining mas’ul xodimlari va vazirlik tizimidagi tashkilotlar rahbarlari, qishloq xo‘jaligi tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlar direktorlari, Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari Qishloq xo‘jaligi boshqarmalar vakillari, shuningdek, viloyatlar makkajo‘xori urug‘chiligi bilan shug‘ullanuvchi elita urug‘chilik va fermer xo‘jaliklari hamda O`simliklar karantini va himoyasi ilmiy tadqiqot instituti olimlari o`z ma`ruzalari bilan ishtirok etmoqda.

Seminarda Xitoyning “Xinjiang Jiuyu Agricultural Development Co.Ltd” kompaniyasi bilan hamkorlikda respublikamiz hududlarida tuproq-iqlim sharoitlariga mos bo‘lgan duragay urug‘chilikni tashkil etish hamda makkajo‘xori duragaylarini yaratish bo‘yicha seleksiya ishlari amalga oshirilgani va ushbu ilmiy hamkorlikning ijobiy natijasida makkajo‘xori duragay urug‘larini Xitoy texnologiyasi asosida yetishtirish borasida ma’lumotlar beriladi.