Shrift o'lchami:

A

A

Sayt rangi:
A
A
A

O`quv trening

O`quv trening

O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutida boshqaruv tizimini takomillashtirishga qaratilgan o‘quv-trening boshlandi

Jahon banki tomonidan moliyalashtirilayotgan va Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi PRIM-0124 shartnoma loyihasi doirasida institut rahbar xodimlari uchun zamonaviy boshqaruv kompetensiyalarini oshirishga qaratilgan maxsus o‘quv-trening boshlandi. Ushbu trening institutda xalqaro talablarga javob beradigan samarali, shaffof va natijador boshqaruv tizimini shakllantirish yo‘lida muhim bosqich sanaladi.

📌 Trening davomida rahbar xodimlar quyidagi muhim yo‘nalishlar bo‘yicha chuqur nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lmoqdalar:
 - ISO 9001:2015 xalqaro standartining boshqaruvga doir talablari,
 - Tashkilot konteksti va manfaatdor tomonlar bilan ishlash mexanizmlari,
 - Strategik rejalashtirish, sifat siyosati va maqsadlarni belgilash,
 - Jarayonlarga asoslangan boshqaruv modeli,
 - Risklarni aniqlash, baholash va boshqarish (FMEA),
 - Ichki audit tizimini samarali tashkil etish.

📈 Ushbu o‘quv-trening natijasida institut rahbarlari global boshqaruv standartlari asosida o‘z malakalarini oshirib, ichki boshqaruv mexanizmlarini kuchaytirish, samarali qaror qabul qilish, innovatsion yondashuvlar asosida institut faoliyatini rivojlantirishda yetakchi rol o‘ynaydigan strategik menejerlar sifatida namoyon bo’ladilar.