Shrift o'lchami:

A

A

Sayt rangi:
A
A
A

O`quv seminar

O`quv seminar

Germaniya hamkorlik tashkiloti GIZ, GOPA AFC, va O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi hamkorligida tashkil etilgan navbatdagi xalqaro o‘quv seminari muvaffaqiyatli  tamomlandi.
Treningda Good Laboratory Practice (GLP)” mavzusiga bag‘ishlanib, ayniqsa o‘simlik zararkunandalarini aniqlash (entomologik diagnostika) yo‘nalishiga alohida e’tibor qaratildi.

🧪 Seminarda O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimlari faol ishtirok etib, laboratoriyalarda xalqaro standartlar asosida ishlash, sifat menejmenti, hujjatlashtirish, xavf tahlili va yaxshi laboratoriya amaliyotlari bilan bog‘liq chuqur nazariy va amaliy bilimlarni egalladilar.

✅ Seminar yakunida barcha ishtirokchilar belgilangan talablarni bajargan holda sertifikatlar bilan taqdirlandilar.