Shrift o'lchami:

A

A

Sayt rangi:
A
A
A

O‘zbekiston Respublikasining fitosanitar xavfsizligini mustahkamlash maqsadida davlat-xususiy sheriklik asosida xorijiy investor ishtirokida feromon tutqichlarni ishlab chiqarish loyihasi to‘g‘risida e’lon

O‘zbekiston Respublikasining fitosanitar xavfsizligini mustahkamlash maqsadida davlat-xususiy sheriklik asosida xorijiy investor ishtirokida feromon tutqichlarni ishlab chiqarish loyihasi to‘g‘risida e’lon

O‘zbekiston Respublikasining fitosanitar xavfsizligini mustahkamlash maqsadida davlat-xususiy sheriklik asosida xorijiy investor ishtirokida feromon tutqichlarni ishlab chiqarish loyihasi konsepsiyasi tasdiqlandi.

Loyiha konsepsiyasiga ko‘ra, potensial davlat hamkori – O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti; vakolatli davlat organi – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi talabgorlar o‘rtasida tender e’lon qiladi.

So‘rov shartlari:

  • xalqaro standartlarga muvofiq feromon tutqichlarini ishlab chiqarish sohasida yetarli malakali tajribaga ega va ishlab chiqarilayotgan feromon dispenserlari uchun “Yevropa Ittifoqining xavfsizlik pasporti” bilan tasdiqlangan bo‘lish zarur;
  • ishlab chiqariladigan feromon dispenserlari uchun O‘zbekiston Respublikasining “O‘simliklarni kimyoviy va biologik himoya qilish vositalari, mineral va mikrobiologik o‘g‘itlarni ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi”ga ega bo‘lishi (minimal 5 ta feromon tutqich nomlari O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan va guvohnomaga ega bo‘lishi kerak);
  • ishlab chiqariladigan feromon dispenserlarida O‘zbekiston Respublikasi hududida ijobiy natijaga (samaradorlikka) ega bo‘lishi;
  • moliyaviy va texnik jihatdan ta’minlangan bo‘lishi lozim.

Tenderda ishtirok etish uchun manfaatdor tomonlar o‘z ariza va takliflarini 2023 yil 9 fevral Toshkent vaqti bilan soat 18:00 ga qadar topshirishlari lozim.

Ariza yuborish manzili:

O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutining manzili: 111215, Toshkent viloyati, Qibray tumani Bobur ko‘chasi, 4 uy, tel.:71-260-48-53, el.manzil: ilmiymarkaz@karantin.uz