Shrift o'lchami:

A

A

Sayt rangi:
A
A
A

Mintaqaviy filiallardan yangiliklar

Mintaqaviy filiallardan yangiliklar

✅Hozirda yurtimiz bo‘ylab "Boshoqli don ekinlaridan yuqori hosil yetishtirishda qo‘llaniladigan innovatsion agrotexnologiyalar, begona o‘t, kasallik va zararkunandalarga qarshi zamonaviy kurash choralari hamda sug‘orish tadbirlari" mavzusida o‘quv-seminarlari davom etmoqda. 

🇸🇱🌿O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy tadqiqot instituti Andijon mintaqaviy filiali katta ilmiy xodimi Akmal Musayev 21-22 yanvar kunlari Namangan viloyatida xizmat safarida bo‘lib, o‘tkazilayotgan o‘quv-seminari doirasida "G‘alla ekinlarining zararli organizmlari bioekologiyasi, zarari va ularga qarshi uyg‘unlashgan kurash choralari" mavzusida maʼruza qildi.

Seminarda qishloq xo‘jaligi tizimida faoliyat olib borayotgan turli tashkilot raxbar va xodimlari, agroklaster va fermer xo‘jaligi raxbarlari ishtirok etdilar. O‘quv-seminarlari ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.