Shrift o'lchami:

A

A

Sayt rangi:
A
A
A

Mintaqaviy filiallarda ham tadqiqotlar davom etmoqda….

Mintaqaviy filiallarda ham tadqiqotlar davom etmoqda….

“O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti” Andijon mintaqaviy filiali ilmiy xodimlari Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti, O'simliklar karantini va himoyasi ta'lim yo'nalishining 3-bosqich talabalarini filial ish faoliyati bilan tanishtirdilar va talabalar bilan sohaga oid davra suhbati  bo’lib o’tdi.
Filialning oliygoh bilan o‘zaro shartomasi bo‘lib, shartnomadan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2023 yil 7 iyuldagi "Agrar sohada ilm-fan, ta'lim va ishlab chiqarishni integratsiya qilish orqali sifat va samaradorlikni oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-216 sonli qarori ijrosini taminlash hisoblanadi.