Shrift o'lchami:

A

A

Sayt rangi:
A
A
A

Mintaqaviy filiallarda ham tadqiqotlar davom etmoqda….

Mintaqaviy filiallarda ham tadqiqotlar davom etmoqda….

Maʼlumki O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy tadqiqot instituti Andijon mintaqaviy filiali institutning "Manzarali va o‘rmon daraxtari zararli organizmlariga qarshi kurashish" laboratoriyasiga biriktirilgan bo‘lib, kuni kecha laboratoriya mudiri q.x.f.d Z.N.Nafasov va ilmiy xodim M.Mo‘minovlar amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish va metodik yordam berish maqsadida Andijon mintaqaviy filialiga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida Z.N.Nafasov filial ish rejasi va uning bajarilishi, laboratoriyalarda olib borilayotgan tajribalar bilan tanishib, har bir ilmiy xodim bilan olib borayotgan ilmiy tadqiqotlari yuzasidan individual suhbat o‘tkazdi. Bundan tashqari ilmiy xodimlar va filial ilmiy salohiyatini oshirish bo‘yicha o‘z tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi. Tashrif so‘nggida filial va laboratoriya hamkorligida ilmiy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishib olindi.