Bizning manzil:
111215, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur ko'chasi 4-uy Elektron manzil: ilmiymarkaz@karantin.uzMintaqaviy filiallarda ham tadqiqotlar davom etmoqda….

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-dekabrdagi PQ-391-son qarorining 3-bandi topshirig'iga asosan Qishloq xo'jaligi ekinlari navlarini sinash markaziga - paxta - to'qimachilik klasterlari va fermer xo'jaliklari tomonidan xorijiy g'o'za navlari va duragaylarini o'sish davri, hosildorligi, kasallik va zararkunandalarga, turli iqlim sharoitlariga chidamliligi hamda mahsulot sifati va boshqa belgilari asosida kelgusi yillarda O'zbekiston Respublikasi hududiga ekishga tavsiya etilgan qishloq xo'jaligi ekinlari navlari reyestrga kiritib borish belgilangan. Yuqoridagi qaror ijrosini ta'minlash maqsadida O'simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti direktori Zafarbek Kasimov hamda Samarqand mintaqaviy filiali direktori Shavkat Ergashev va katta ilmiy xodim A.Toshtemirov bilan birgalikda Samarqand viloyati Pastdarg'om tumanida "Qishloq xo'jaligi ekinlarining nav va duragaylari sinovini amalga oshirish hamda uning seleksiya va urug'chilik tizimidagi roli bo'yicha o'tkazilayotgan ko'rgazmali o'quv dala seminar" da ishtirok etdi.