Bizning manzil:
111215, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur ko'chasi 4-uy Elektron manzil: ilmiymarkaz@karantin.uzMintaqaviy filiallarda ham tadqiqotlar davom etmoqda….

🇨🇳 🤝🇺🇿 Xitoylik hamkorlar Andijonda: tajriba almashinuvi va yangi hamkorlik istiqbollari
O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy tadqiqot instituti Andijon mintaqaviy filialida Xitoy Xalq Respublikasi vakillari mehmon bo‘ldi. Dastlab mehmonlar filial faoliyati va fitosanitariya laboratoriyasi infratuzilmasi bilan tanishib, mutaxassislar tomonidan tayyorlangan turli xil kolleksiyalarni ko‘zdan kechirdilar.
Kunning ikkinchi yarmida viloyatdagi qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarini ko‘zdan kechirildi. Oltinko‘l tumanidagi g‘alla maydonlarida ekinlarning rivojlanish jarayonlari o‘rganilib, 16 gektarli issiqxonada qalampir ko‘chatlari yetishtirish jarayoni bilan yaqindan tanishildi.
Yakunda tomonlar o‘zaro tajriba almashish va kelgusida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash borasida kelishib oldilar.