Bizning manzil:
111215, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur ko'chasi 4-uy Elektron manzil: ilmiymarkaz@karantin.uzMintaqaviy filial yangiliklari

O'simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti
“Samarqand mintaqaviy filiali” xodimlari 2025-yil 5-avgust kuni Samarqand tumani dalalarida bo'lib, qishloq xo'jalik ekinlari zararkunandalarini monitoring qilish ishlarini olib borishdi.
📌Dastlab tumandagi beda ekilgan maydonlarida kuzatuv o'tkazildi. Kuzatuv natijasida beda o'simligiga har xil turkumlarga kiruvchi zararkunandalar, xususan beda urug'iga
beda urug'xori kuchli zarar yetkazgani topildi va zararkunandalardan namunalar yig'ib olindi. Keyin makkajo'xori dalasidan makka parvonasi, ko'sak qurtining kapalaklari va qurtlari topildi.
📈Terilgan materiallar ichidan tabiiy entomafaglar bilan zararlangan qurtlar ham topildi va shuningdek karam, piyoz, bodring ekilgan dalalar, mevali bog'larda bo'lishib, daraxt va mevalarni olma qurti, barg o'rovchilar,o'rgimchakkana va qalqondorlar bilan zararlanishini taxlil qilishdi. Terilgan materiallar kolleksiya uchun olib kelindi.