Bizning manzil:
111215, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur ko'chasi 4-uy Elektron manzil: ilmiymarkaz@karantin.uzMintaqaviy filial yangiliklari

📌 O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti “Fargʻona mintaqaviy filiali”xodimlari Buvayda tumani hududida yo‘l yoqalarida ekilgan manzarali daraxt va butalar fitosanitar nazoratdan o‘tkazdi.
📈 Fitosanitar nazoratdan o‘tkazishdan asosiy maqsad manzarali daraxt va butalarga zarar keltiruvchi zararli organizmlarning tarqalishini oldini olish va ularga qarshi kurashish choralari bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar berishdan iboratdir.
Kuzatishlarda archa daraxtida archa unsimon qurti (Planococcus vovae) aniqlandi.
💬Shu bois, manzarali daraxtlar zararkunandalari va archa unsimon qurtiga qarshi muntazam kuzatish ishlari olib borish, zararlanish o‘choqlarini erta aniqlash va zamonaviy himoya vositalarini qo‘llash muhim ahamiyat kasb etadi.