Shrift o'lchami:

A

A

Sayt rangi:
A
A
A

Mintaqaviy filial yangiliklari

Mintaqaviy filial yangiliklari

O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutining laboratoriyalari, bo‘limlari, mintaqaviy filiallari va doktorantlar tomonidan I-yarim yillik davomida amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlarini aprobatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘iga asosan institutning
 "Manzarali va o‘rmon daraxtlarining zararli organizmlariga qarshi kurashish" laboratoriyasi mudiri  Zafar Nafasov va 
"Dala nazorati va fitosanitar xavfni tahlil qilish" laboratoriyasi mudiri Dilshod Obidjonov tomonidan O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy tadqiqot instituti Fargʻona mintaqaviy filiali ilmiy xodimlari tomonidan I-yarim yillik davomida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar aprobatsiyadan o‘tkazildi. Aprobatsiya davomida komissiya aʼzolari dala tajribalarini joylarga chiqib ko‘zdan kechirib tadqiqotlar davomida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish va hozirda qo‘llanilayotgan zamonaviy uslublar bo‘yicha filial xodimlariga tushintirish ishlari olib bordilar.