Bizning manzil:
111215, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur ko'chasi 4-uy Elektron manzil: ilmiymarkaz@karantin.uzIstiqloling abadiy bo‘lsin - ona Vatanim!

Mustaqillik – har bir yurtdoshimiz uchun eng ulug‘ va eng aziz sanalgan bebaho buyuk ne’mat, ulug‘ bayram. Bu yil yurtdoshlarimiz Vatanimiz Mustaqilligining 33 yilligini “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” degan ezgu g‘oya ostida katta shodiyona bilan kutib olmoqda.
Bugungi kunda bayram tadbirlari har bir korxona va tashkilotda bo‘lib o‘tmoqda.
Joriy yilning 30-avgust kuni O'simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutida ham mustaqilligimizning 33 yilligini munosib nishonlash maqsadida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda dastlab O'simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti direktori Z.Kasimov so‘zga chiqib, barchani ushbu shodiyona bayram bilan samimiy tabrikladi.