Shrift o'lchami:

A

A

Sayt rangi:
A
A
A

Marokash chigirtkasi tajribasi.

Marokash chigirtkasi tajribasi.

Marokash chigirtkasi tajribasi.

🇸🇱🌿“Yaylov, yem-xashak, moyli va dorivor o‘simliklar zararli organizmlariga qarshi kurashish” laboratoriyasi xodimlari tomonidan 2024 yil noyabr oyida, Samarqand  viloyatining Nurobod  tumani  hududlaridan  Marokash (Dociostaurus maroccanus Thunb) chigirtkasining tuxum ko’zachalari yig‘ib kelinib  laboratoriya sharoitida tadqiqotlar olib borish uchun muzlatgichga  qo’yildi.
Tinim davridan so’ng termostatga olindi va tuxum ko’zachalaridan chiqish uchun 3.01.2025 yil  laboratoriyada xona haroratiga o’tkazildi.
Laboratoriya sharoitida 13.01.2025 yil Marokash chigirtkasining tuxum ko’zachalaridan yoppasiga lichinkalarining chiqishi kuzatildi.
Xozirda laboratoriya sharoitida boqilib, ularga qarshi kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlarning ta’sirini baholash bo‘yicha tajribalar o‘tkazishga tayyorlanmoqda.