Bizning manzil:
111215, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur ko'chasi 4-uy Elektron manzil: ilmiymarkaz@karantin.uzLaboratoriya yangiliklari-Xalqaro hamkorlik

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining 27.03.2025-yil, 15-632-sonli topshrig‘iga asosan, “Yaylov, yem-xashak, moyli va dorivor o‘simliklar zararli organizmlariga qarshi kurashish” laboratoriyasi mudiri professor Nodirbek Tufliyev, laboratoriya yetakchi ilmiy xodimi professor Furqat Gapparov BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) tomonidan amalga oshirilayotgan “Chigirtkalarga qarshi kurashishni yaxshilash loyihasi” doirasida 2025-yil 7-12 aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi soha mutaxassislarining hamkorlikda chegaradosh hududlarda zararli chigirtkalarni rivojlanishi va tarqalishi bo‘yicha kuzatuv-nazorat ishlarini o‘tkazish hamda mavsumda kurashish tadbirlarini o‘z vaqtida samarali o‘tkazilishini tashkil etish bo‘yicha xizmat safarida faol qatnashishdi.
Tojikiston davlatining Surxondaryo viloyati bilan chegaradosh bo‘lgan Shahrituz, Shaxrinav, Rudakiy, Tursunzoda tumanlarida bo‘lganimizda Marokash chigirtkasining tarqalgan uchoqlari aksariyat Surxondaryo viloyati hududlariga o‘ta yaqin maydonda tarqalganligi ma’lum bo‘ldi.
Marokash chigirtkasining tuxum ko‘zachalaridan chiqqan 3- yoshdagi lichinkalarning tarqalganligi va ularning soni 1 m2 da o‘rtacha 550-650 donani tashkil etayotganligi ma’lum bo‘ldi, Surxondaryo viloyatida esa 1-2-yoshdagi Marokash chigirtkasining lichinkalari mavjudligi kuzatildi. Tojikiston Respublikasida tarqalgan Marokash chigirtkasining lichinkalari Surxondaryo viloyati hududlarida tarqalgan Marokash chigirtkasiga nisbatan qishlovdan ertaroq chiqqanligi qayd etildi.
Ma’lumki Marokash chigirtkasining yana 20-25 kundan so‘ng yetuk zotga o‘tib qanot chiqarib ucha boshlashini inobatga olsak, May oyining birinchi va ikkinchi o‘n kunliklarida Surxondaryo viloyatiga yoppasiga uchib o‘tishini kuzatishimiz mumkin. Shuningdek dengiz sathidan 1200-2000 balandlikdagi transchegaraviy hududlarida mavjud bo‘lgan chigirtkalar esa tog‘li hududlarida salqinligi sababli 15-25 kun kech rivojlanishi kuzatilib, ularning ham May oyining oxirigi kunlarigacha qanot yozgan imagolarini Surxondaryo viloyatiga uchib o‘tishi kuzatiladi.