Bizning manzil:
111215, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur ko'chasi 4-uy Elektron manzil: ilmiymarkaz@karantin.uzLaboratoriya yangiliklari

“Yaylov, yem-xashak, moyli va dorivor o‘simliklar zararli organizmlariga qarshi kurashish” laboratoriyasi xodimlari 21.03.2025-22.03.2025 y. kunlari institut tajriba dala maydonlaridagi mavjud 1,3 ga beda ekini zararkunandasiga qarshi kimyoviy va agrotexnik tadbirlar o‘tkazildi.
Ma’lumki hozirda Respublikamiz beda ekini dalalarida beda barg filchasi yoki Fitonomusning jadal qishlovdan chiqib, uning lichinkalarini zarar keltirayotganligi kuzatilmoqda. Shu maqsadda institut tajriba dala maydonidagi mavjud bedazorga ham Fitonomusning lichinkalari beda ekiniga zarar keltirayotganligi qayd etilmoqda. Laboartoriya olimlari ushbu zararkunandalarga qarshi yangi ta’sir etuvchi moddasi Lyambda-tsigalotrin bo‘lgan kimyoviy insektitsidni gektariga 0,15-0,2 l/ga sarf-me’yorlarda sinab tadqiqotlar olib borishdi. Shuningdek bedaga yetkazilgan zararkunandaning zararini qoplash va bedaning keyingi rivojlanishini hosildorligini oshirish maqsadida qo‘shimcha mikroelementlardan iborat Oligomix o‘g‘iti bilan bargdan oziqlantirish ishlari o‘tkazildi. Qo‘llanilgan insektitsidning beda barg filchasi yoki Fitonomusga qarshi biologik samaradorligini o‘rganish bo‘yicha keyingi hisob kuzatuvlar davom etadi.