Shrift o'lchami:

A

A

Sayt rangi:
A
A
A

Laboratoriya yangiliklari

Laboratoriya yangiliklari

📌O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti “Yaylov, yem-xashak, moyli va dorivor o‘simliklarning zararli organizmlariga qarshi kurashish” laboratoriyasi xodimlari tomonidan kichik dala tajriba maydonchasida ilmiy tajribalar olib borildi. 
📈Tajriba sinovlari uchun moyli ekinlardan biri — maxsar (Carthamus tinctorius L.) ekilib, o‘suv davrida muntazam kuzatuv ishlari tashkil etildi.

👩‍🔬Kuzatuvlar jarayonida ekinning fenologik bosqichlari, zararkunandalar bilan zararlanish darajasi hamda o‘simliklarning agrobiologik xususiyatlari o‘rganildi. Shuningdek, zararkunandalarga qarshi qo‘llanilgan kurashish choralari samaradorligi ham baholandi.

Bugungi kunga kelib maxsar o‘simligi to‘liq pishib yetildi va dala maydonidan hosil yig‘ib olindi. Olingan natijalar laboratoriya doirasida tahlil qilinib, keyingi bosqichlarda ilmiy xulosalar chiqarilishi va amaliyotga tavsiyalar ishlab chiqilishi rejalashtirilgan.