Bizning manzil:
111215, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur ko'chasi 4-uy Elektron manzil: ilmiymarkaz@karantin.uzLaboratoriya yangiliklari
📌O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti “Zararkunanda va kasalliklardan biologik himoya qilish laboratoriyasi” ilmiy xodimlari Zoologiya ilmiy-tadqiqot institutiga tashrif buyurdilar.
🤝 Uchrashuv davomida entomolog D. Musayev bilan birgalikda yangi istiqbolli entomofaglar – foydali qandalalar (Hemiptera: Reduviidae, Nabidae va boshqa turlar) haqida ma’lumotlar almashildi.
🔬 Bu uchrashuv nafaqat ilmiy tajriba almashish, balki zararkunandalarga qarshi ekologik xavfsiz va samarali usullarni yanada rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega.
✨ Ilmiy izlanishlarimizning asosiy maqsadi — dehqon va fermerlarimizga foydali hasharotlar asosida tabiiy himoya tizimlarini yaratish va ekinlar barqarorligini ta’minlashdir.