Bizning manzil:
111215, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur ko'chasi 4-uy Elektron manzil: ilmiymarkaz@karantin.uzLaboratoriya yangiliklari

“Zararkunanda va kasalliklardan biologik himoya qilish” laboratoriyasida mikrobiologik tadqiqotlar natijasida molekulyar-genetik usuli bilan Bacillus avlodi bakteriyalarining 2 ta shtammi: 1–Bacillus velezensis strayn Bm va 2 –Bacillus subtilis strayn Bs turi vakili aniqlangan bo‘lib, ularni Xalqaro genlar banki (NCBI) bazasida ro’yxatga PQ223382 va PQ223383 nomerlar bilan kiritildi.
Tanlangan bakteriyalarning turli pH, harorat va turli uglerod manbaalarida biomassa hosil qilishi ularning optik zichligini spektrofotometrda aniqlash orqali tekshirildi. Bakteriyalarning turli pH ko`rsatkichlarida o`sishi va rivojlanishi turli pH ko`rsatkichli ozuqa muhitlarida aniqlandi. Bu tajribalar bakteriyalarning optimal o`sish sharoitlarini aniqlash uchun laboratoriyaning katta ilmiy xodimi Usmonqulova Aziza tomonidan amalga oshirilmoqda.