Bizning manzil:
111215, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur ko'chasi 4-uy Elektron manzil: ilmiymarkaz@karantin.uzLaboratoriya yangiliklari

“Yaylov,yem-xashak,moyli va dorivor o’simliklarning zararli organizmlariga qarshi kurashish” laboratoriyasi kichik dala tajriba maydonchasida sinov tajribalari uchun ekilgan beda maydonlarida beda o’simligi uchun xavfli bo’lgan fitonomus lichinkalariga, beda odimchisiga, beda shirasiga, beda tunlamiga va boshqa zararkunandalarga qarshi mikrobiologik preparatlarning samaradorligini aniqlash bo’yicha tajribalar olib borildi. Bunda laboratoriyamiz xodimlari tomonidan ajratib olingan Beauveria zamburug’i shtammi qo’llanildi va tajriba natijalariga ko’ra bu zamburug’ shtammi ayniqsa beda shirasiga qarshi yuqori biologik samaradorlikni ko’rsatdi.
Xuddi shu zamburug’ shtammini samaradorligini aniqlash uning patogenlik darajasini o’rganish borasida laboratoriya sharoitida beda tunlami, beda shiralari, fitonomus, beda odimchisiga qarshi laboratoriya tajribalariga tayangan holda belgilangan titrda dala tajribalari olib borildi.