Bizning manzil:
111215, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur ko'chasi 4-uy Elektron manzil: ilmiymarkaz@karantin.uzLaboratoriya yangiliklari

“Yaylov, yem-xashak, moyli va dorivor o‘simliklar zararli organizmlariga qarshi kurashish” laboratoriyasining kichik dala tajribasi maydonida ekilgan kunjut (Sesamum indicum L.), maxsar (Carthamus tinctorius L.), beda (Medicago sativa L.) va kungaboqar (Helianthus annuus L.) ekinlarida ilmiy kuzatuv ishlari olib borildi.
Mazkur kuzatuvlar davomida har bir o‘simlikda uchraydigan asosiy zararli organizmlar aniqlanib, ularning rivojlanish bosqichlari, o‘simliklarga yetkazadigan zarar ko‘lami va zararlanish darajasi o‘rganildi. Shu bilan birga, zarar yetkazuvchi organizmlar sonini kamaytirish, ularni nazorat qilish choralarini ishlab chiqish va ularning samaradorligini baholash maqsadida muntazam dala kuzatuvlari va fitosanitar monitoring ishlari olib borildi.