Bizning manzil:
111215, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur ko'chasi 4-uy Elektron manzil: ilmiymarkaz@karantin.uzLaboratoriya yangiliklari

Zararkunandalar tarqalishini oldindan prognozlash maqsadida, “Zararli organizmlarni prognozlashtirish” laboratoriyasi xodimlari tomonidan laboratoriyaga biriktirilgan kichik tajriba maydonida yetishtirilayotgan mahalliy (S-6524) hamda xorijiy (0427, 3541) g‘o‘za navlarining fenologik rivojlanish bosqichlari o‘rganilmoqda. Tajriba ishlari doirasida ayniqsa ushbu navlarda uchrayotgan asosiy zararkunandalar g‘o‘za tunlami (Helicoverpa armigera), o‘rgimchakkana (Tetranychus urticae) va oqqanot (Aleyrodidae spp.) turlarining rivojlanish bosqichlari, ularning daladagi paydo bo‘lish davrlari hamda g‘o‘zaning fenologik fazalari bilan bog‘liqligi muntazam monitoring asosida aniqlanmoqda.