Bizning manzil:
111215, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur ko'chasi 4-uy Elektron manzil: ilmiymarkaz@karantin.uzLaboratoriya yangiliklari

“Qishloq xoʼjaligi ekinlarining zararli organizmlariga qarshi kurashishning ilgʼor texnologiyalarini joriy etish” laboratoriyasi xodimlari tomonidan Tosh DАUning Oʼsimliklarni himoya qilish va agrokimyo fakulteti 2-bosqich talabalari bilan amaliy mashgʼulotlar oʼtkazilmoqda. Bunda zararkunanda hashoratlar namunalarini yigʼish, ularning turini aniqlash hamda entomologik kolleksiya tayyorlash boʼyicha koʼrsatmalar berildi.
Shuningdek, laboratoriya xodimlari institutning laboratoriyasiga biriktirilgan tajriba maydonchalarini yangi mavsumga tayyorlash boʼyicha ham maʼlum ishlarni amalga oshirmoqdalar.
Laboratoriya xodimlari joriy 2025 yil uchun tasdiqlangan ish rejasida belgilangan boshqa vazifalar ijrosini taʼminlash yuzasidan ham faoliyat olib bormoqdalar.