Bizning manzil:
111215, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur ko'chasi 4-uy Elektron manzil: ilmiymarkaz@karantin.uzLaboratoriya yangiliklari

BEGONA O‘T TURLARI — BANGIDEVONA
Datura stramonium
Ko‘pincha tashlandiq va bo‘sh yotgan yеrlarda ko‘p va g‘o‘za hamda boshqa ekinlar orasida begona o‘t sifatida uchraydi. To‘kilayotgan barglari paxtaga aralashib qolsa, tolaning sifatini pasaytiradi. Poyasi yakka, yo‘g‘on shoxlaydigan, bo‘yi 1 metrgacha yеtadi. Barglari uzun bandli, yumoloq uchburchak, yirik, yuqori tomoni uchli bo‘ladi. Guli yirik, voronka ko‘rinishida, oq, yakka joylashgan. Mevasi yashil, tikanli yirik. Urug‘i qora bo‘lib, o‘yiqlari bor. Bir tup o‘simligi 20 mingdan ortiq urug‘ tigadi. O‘simligi badbo‘y hidli.
U zaharli bo‘lib, tarkibida zaharlanishiga sabab bo‘ladigan alkoloidlar (atropin va daturin) bor. Iyun-iyulda gullab, iyul-sentyabrda hosil tugadi.
💡Kurash choralari: Agar bu begona o‘tlar piyoz orasida chiqsa piyozning 10-15 sm o‘suv davri, o‘tning kamida 10-15 sm o‘suv davrida GUOL 24% har 10 litr suv hisobida 3-5 ml qo‘shib qo‘llash mumkin.