Shrift o'lchami:

A

A

Sayt rangi:
A
A
A

Xalqaro hamkorlik

Xalqaro hamkorlik

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining 18.04.2025-yil 15-823-sonli topshrig‘iga asosan “Yaylov, yem-xashak, moyli va dorivor o‘simliklar zararli organizmlariga qarshi kurashish” laboratoriyasi mudiri, Qishlo xo’jaligi fanlari doktori, professor Nodirbek Tufliyev, laboratoriya yetakchi ilmiy xodimi professor Furqat Gapparovlar BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) tomonidan amalga oshirilayotgan “Chigirtkalarga qarshi kurashishni yaxshilash loyihasi” doirasida 2025-yil 12-16 may kunlari O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasidan kelgan bosh entomolog Kobjanova S.S, O`simliklar himoyasi bo`yicha agronom Bolkenova G.T,  Turkiston viloyati filiali rahbari Bilalbekov N.T, Turkiston viloyati filiali bosh entomologi Usenbayev E.K soha mutaxassislarining hamkorlikda chegaradosh hududlarda zararli chigirtkalarni rivojlanishi va tarqalishi bo‘yicha kuzatuv-nazorat ishlarini o‘tkazish hamda mavsumda kurashish tadbirlarini o‘z vaqtida samarali o‘tkazilishini tashkil etish bo‘yicha xizmat safarida faol qatnashishdi.
Qozog‘iston davlatining Toshkent viloyati bilan chegaradosh bo‘lgan Turkiston viloyatining Qazig‘urt, Keles, Sariag‘ash tumanlarida bo‘lganimizda to‘da hosil qilmaydigan chigirtkalar turlarining tarqalganligi kuzatildi va ularning son 1 m.kv. maydonda o‘rtacha 1-2 dona ekanligi qayd etildi. 
To‘da hosil qilmaydigan chigirtkalarning yoshi 3-chi yoshdagi lichinkalarning tarqalganligi ma’lum bo‘ldi, Toshkent viloyatida esa zararli chigirtkalar uchramaganligi kuzatildi. 
Ma’lumki to‘da hosil qilmaydigan chigirtkalar yana 30-35 kundan so‘ng yetuk zotga o‘tib qanot chiqarib ucha boshlashini inobatga olsak, Iyun oyining ikkinchi o‘n kunliklarida Toshkent viloyatiga kam sonli chigirtkalar namunalarini uchib o‘tishini kuzatishimiz mumkin. 
Shuningdek Qozog‘iston Respublikasidan tashrif buyurgan mutaxassislarni “Yaylov, yem-xashak, moyli va dorivor o‘simliklar zararli organizmlariga qarshi kurashish” laboratoriyasida zararli chigirtkalarga qarshi kurashish choralarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy ishlar bilan qisqacha tantishtirildi.