Bizning manzil:
111215, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur ko'chasi 4-uy Elektron manzil: ilmiymarkaz@karantin.uzLaboratoriya yangiliklari

“Zararkunanda va kasalliklardan biologik himoya qilish laboratoriyasi” ilmiy xodimlari tomonidan mavsumga tayyorgarlik ishlari boshlandi. Lizimertlar tozalanib, tadqiqotlar uchun xozirlandi.
“Organik kartoshka yetishtirishda uning zararli organizmlariga qarshi nematodalar hamda antagonist-mikroorganizmlar asosida biopreparatlar yaratish” mavzusidagi amalga oshirilayotgan ilmiy loyihaning yakuniy sarhisobi qilinmoqda.
- Biopreparatlarni kompleks qo‘llanilgan ikkita regiondan, ya’ni Surxandaryo va Toshkent viloyatlari xo‘jaliklaridan Dalolatnomalar rasmiylashtirildi va boshqa xujjatlar rasmiylashtirilmoqda.
- Tijoratlashtirish taklifi hujjatlari (konsepsiya) tayyorlandi.
- Loyiha doirasida 2 ta patent uchun talabnoma topshirilgan.
- “Organik kartoshka yetishtirishda uning asosiy zararli organizmlariga qarshi kompleks biologik himoya texnologiyasini qo‘llash bo‘yicha tavsiyanoma” “Voris nashriyoti” dan 100 nusxada chop etilgan.