Shrift o'lchami:

A

A

Sayt rangi:
A
A
A

Laboratoriya yangiliklari

Laboratoriya yangiliklari

“Don va don dukkakli ekinlarning zararli organizmlariga qarshi kurashish” laboratoriyasi xodimlari, “O’zFA Mikrobiologiya instituti” xodimlari bilan hamkorlik shartnoma asosida, institutda olib borilayotgan tadqiqotlar bilan tanishib bilim va ko’nikmalarga ega bo’ldi. Bunda asosan tuproq mikrobiologiyasi va biotexnologiyasi laboratoriyasida o’tkazilayotgan tajribalar bilan tanishildi, ushbu laboratoriyada hozirda foydali mikroorganizmlardan biopreparatlar ishlab chiqarish va qishloq xo’jaligi ekinlarining kasalliklariga qarshi kurashishda qo’llash  bo’yicha tadqiqotlar olib borilyapti. Bunda eng asosiysi, foydali mikroorganizmlarni ko’paytirish uchun ozuqa muxitlar va ularni ko’paytirishda kerakli bo’lgan ish uslublari o’rganildi, hamda katta ekin maydonlariga qo’llash uchun preparatni qanaqa shaklda fermerlarga tarqatilishi bo’yicha tavsiyalar berildi.