Shrift o'lchami:

A

A

Sayt rangi:
A
A
A

Laboratoriya yangiliklari

Laboratoriya yangiliklari

“Xavfli va karantindagi begona o‘tlarni o‘rganish va ularning oldini olish”
laboratoriyasi mutaxassislari tomonidan lizimetr tajriba maydonida Xitoy Xalq Respublikasidan olib kelingan paxta navlari (Xin Lu Zhao-52, Xin Lu Zhong-46,
Jinken-1402 va Hongtai-6636)da Glifosat gerbitsidiga nisbatan chidamlilik darajasi 15 kun davomida baholandi. 
Tajriba ikki xil variantda tashkil etildi: 
Nazorat varianti -
o‘simliklarga gerbitsid purkalmasdan, tabiiy sharoitda o‘sishi kuzatildi. 
Glifosat bilan ishlov berilgan varianti - tanlab olingan navlarga tavsiya etilgan miqdorda Glifosat
gerbitsidi qo‘llanildi.
Baholash ishlari vizual kuzatuv va fiziologik o‘zgarishlar asosida olib borildi. 15 kunlik kuzatuvlar natijasiga ko‘ra, barcha navlar Glifosat
ta’siriga nisbatan yuqori darajada sezuvchanlik ko‘rsatdi. O‘simliklarda barglarning rang o‘zgarishi, qurish va o‘sishning to‘xtashi kabi fitotoksik
belgilar qayd etildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, ushbu navlar Glifosat gerbitsidiga chidamli emasligi aniqlandi.