Bizning manzil:
111215, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur ko'chasi 4-uy Elektron manzil: ilmiymarkaz@karantin.uzLaboratoriya yangiliklari

Oʼsimliklar karantini va himoyasi ilmiy tadqiqot instituti va Toshkent davlat Аgrar universiteti bilan ilmiy va taʼlim sohasidagi kelishuviga asosan “Noyob obyektlar kolleksiyasini tayyorlash va saqlash” boʼlimida agrar universiteti 2-bosqich talabalariga qishloq xoʼjaligi zararkunandalari boʼlgan zararli organizmlardan kolleksiyalar tayyorlash jarayonlari va ularni saqlash tartibi boʼyicha uslubiy qoʼllanmalar asosida boʼlim boshligʼi Murodqosim Аlimov va Nigora Sulaymonovalar tomonidan tushuntirish ishlari olib borildi. Oʼtkazilgan koʼrgazmali darslardan talabalar katta taassurotlar bilan qaytdilar.