Shrift o'lchami:

A

A

Sayt rangi:
A
A
A

Laboratoriya yangiliklari

Laboratoriya yangiliklari

“Xavfli va karantindagi begona o‘tlarni o‘rganish va qarshi kurashish” laboratoriyasi mudiri Turdieva Nilufar Muminovna hamda yetakchi ilmiy xodim Murtazayev Qobiljon Abdikodirovich Samarqand viloyati fermer xo‘jaliklariga qarashli g‘o‘za ekinida uchraydigan begona o‘tlarni tarqalishi hamda zararini monitoring qilib, ularga qarshi qo‘llanilgan gerbitsidlar samaradorligi bo‘yicha monitoring jarayonlarini olib bormoqdalar. Ma’lumot uchun: Qishloq xo‘jalik ekinlari orasida uchraydigan va karantindagi begona o‘tlarni turlari, avlodlari, biologik xususiyatlari va tarqalgan hududlarini aniqlash maqsadida Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida joylashgan Zarafshon MTP fermer xo‘jaligi va Kamalak MChJ klasterida yerlarida ekilgan g‘o‘zaning Xitoydan keltirilgan navlari ekilgan dalalar monitoringdan o‘tkazildi.