Bizning manzil:
111215, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur ko'chasi 4-uy Elektron manzil: ilmiymarkaz@karantin.uzLaboratoriya yangiliklari

📌“Yaylov, yem-xashak, moyli va dorivor o‘simliklar zararli organizmlariga qarshi kurashish” laboratoriyasining kichik dala tajribasi maydonida ekilgan kunjut (Sesamum indicum L.) ekinida ilmiy kuzatuv ishlari olib borildi.
Mazkur kuzatuvlar davomida kunjut ekinida uchraydigan asosiy zararli organizmlar aniqlanib, ularning rivojlanish bosqichlari, o‘simliklarga yetkazadigan zarar ko‘lami va zararlanish darajasi o‘rganilmoqda.
✅Xususan kunjut ekinida oqqanotlar, qandalalar, zararli chigirtkalar va qattiqqanotlilar turkumiga mansub zararkunandalarning zarar keltirayotganligi qayd etildi.
📈Shu bilan birga, ushbu zarar yetkazuvchi zararkunandalar sonini kamaytirish, ularni nazorat qilish choralarini ishlab chiqish va ularning samaradorligini baholash maqsadida muntazam ilmiy kuzatuvlari va fitosanitar monitoring ishlari olib borilmoqda.