Bizning manzil:
111215, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur ko'chasi 4-uy Elektron manzil: ilmiymarkaz@karantin.uzLaboratoriya yangiliklari

"Xavfli va karantindagi begona o‘tlarni o‘rganish va qarshi kurashish"
laboratoriyasi xodimlari tomonidan Qishloq xo‘jaligidagi
begona o‘tlardan gerbariy kolleksiyalarini yig‘ish hamda formalin ishchi eritmasida saqlash uchun begona o‘tlardan namunalar terildi va laboratoriyaga olib kelindi.
📈Yig‘ilgan begona o‘tlarning
urug‘lari “Noyob obyektlar kolleksiyasini tayyorlash va saqlash” bo‘limiga hamda institutning mintaqaviy filiallariga ilmiy-tadqiqot ishlarida va
amaliy foydalanish uchun topshirilishi rejalashtirilgan.
Ushbu jarayon fitosanitar monitoring, begona o‘tlar biologiyasini chuqur o‘rganish va ularga
qarshi samarali kurash choralarini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.