Shrift o'lchami:

A

A

Sayt rangi:
A
A
A

Laboratoriya yangiliklari

Laboratoriya yangiliklari

“Zararkunanda va kasalliklardan biologik himoya qilish” laboratoriyasi ilmiy xodimlari tomonidan bugun Botanika bog‘ida dala-tadqiqot ishlari olib borildi. Tadqiqotlarning asosiy maqsadi, tabiiy ekotizimlardan biologik nazorat agentlarini yig‘ish va ularning xilma-xilligini o‘rganishdir.

🔬 Ish jarayonida o‘simliklar barg, poya va ildiz qismlarida yashovchi entomofag hasharotlar kuzatildi va yig‘ib olindi. Yig‘ilgan barcha namunalar keyinchalik laboratoriya sharoitida o‘rganiladi, entomofag hasharotlarning turlari belgilab laboratoriyada ko‘paytirish usullari ishlab chiqiladi.

📌 Ushbu izlanishlar natijasida olingan biologik nazorat agentlari ekologik xavfsiz va samarali biologik himoya tizimlarini yaratish hamda qishloq xo‘jaligi ekinlarida zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurashishda keng qo‘llash uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.