Bizning manzil:
111215, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur ko'chasi 4-uy Elektron manzil: ilmiymarkaz@karantin.uzLaboratoriya yangiliklari

“Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy tadqiqot instituti” Agrotoksikologiya va oziq-ovqat xavfsizligi laboratoriyasi yetakchi ilmiy xodimi, professor Shomil Xoʻjayev Fargʻona mintaqaviy filiali xodimlari bilan birgalikda filial tajriba maydonida koʻsak qurtining uchinchi avlodiga qarshi kimyoviy preparatlar sinovi oʻtkazdilar hamda filial laboratoriya faoliyati bilan tanishib yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha koʻrsatma va tavsiyalar berib oʻtildilar.
📈Olib borilgan dala tajribalari davomida kimyoviy preparatlar sinovida zararkunandalarni hisobga olish boʻyicha zarur boʻlgan metodik koʻrsatmalar ham berildi.