Bizning manzil:
111215, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur ko'chasi 4-uy Elektron manzil: ilmiymarkaz@karantin.uzLaboratoriya yangiliklari
✅O’simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti “Xavfli va karantindagi begona o‘tlarni o‘rganish va qarshi kurashish”
laboratoriyasi xodimlari tomonidan qishloq xo‘jaligida uchraydigan begona o‘tlarning gerbariy namunalarini yig‘ish ishlari amalga oshirilib, to‘plangan materiallar laboratoriyaga olib kelindi.
📌Ushbu urug‘ va gerbariy namunalari “Noyob obyektlar kolleksiyasini tayyorlash va saqlash” bo‘limiga hamda
institutning hududiy filiallariga ilmiy tadqiqotlarda va amaliyotda qo‘llash maqsadida topshirilishi rejalashtirilgan.
💬Mazkur jarayon fitosanitar
monitoringni takomillashtirish, begona o‘tlarning biologik xususiyatlarini chuqur tahlil qilish va ularga qarshi samarali himoya choralari ishlab
chiqishda muhim rol o‘ynaydi.