Bizning manzil:
111215, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur ko'chasi 4-uy Elektron manzil: ilmiymarkaz@karantin.uzLaboratoriya yangiliklari

✅O`simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti “Zararkunanda va kasalliklardan biologik himoya qilish” laboratoriyasi ilmiy xodimlari tomonidan bir necha yillardan buyon foydali yirtqich hasharot — Zelus renardii (Reduviidae oilasi) ustida tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
🔬 Tadqiqotlarning asosiy maqsadi, ushbu entomofagni laboratoriya sharoitida ko‘paytirish, uning zararkunandalarga nisbatan samaradorligini o‘rganish va bionazoratda qo‘llash imkoniyatlarini aniqlashdan iborat.
📌 Tajribalar davomida Zelus renardii biologiyasi bo’yicha yig‘ilgan ma’lumotlar asosida laboratoriya tahlillari o‘tkazilmoqda.