Shrift o'lchami:

A

A

Sayt rangi:
A
A
A

Laboratoriya yangiliklari

Laboratoriya yangiliklari

Hozirgi kunda Marokash chigirtkasi Respublikamizning tog'li hududlarida keng tarqalgan va unga qarshi kurashish ishlari tinimsiz olib borilmoqda. Marokash chigirtkasi Respublikamizda to'da hosil qiluvchi 3 tur chigirtkaning biri bo'lib, to'dalarning zichligi 1m2 da 20-30 tadan 2500-3000 tagacha bo'lishi mumkin. To'dalarning kattaligi esa Respublikamiz hududida 600 metrgacha uzunlikda tarqalishi mumkin . O’simliklar karantini va himoyasi ilmiy tadqiqot instituti “Yaylov,yem-xashak,moyli va dorivor o’simliklarning zararli organizmlariga qarshi kurashish “laboratoriyasi  hodimlari  tomonidan bu chigirtka tarqalgan hududlarda  ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda, ularga qarshi biologik kurashish usullari ishlab chiqilmoqda.Tadqiqotlar  davom etmoqda.