Shrift o'lchami:

A

A

Sayt rangi:
A
A
A

Laboratoriya yangiliklari

Laboratoriya yangiliklari

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 14-iyuldagi 437-sonli qarori va “O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy tadqiqot instituti” ning 2025 yil 29-iyuldagi 01-04/1560-sonli buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida, 25-29 avgust kunlari "G‘o‘za, sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarining zararli organizmlariga qarshi kurashish" laboratoriyasi mudiri professor Abbosxon Marupov, katta ilmiy xodim Nizom Azimovl tomonidan Farg‘ona vodiysi viloyatlarida piyoz va sabzi ekinlarining zararli organizmlarining, zarari va ularga qarshi kurashish choralari bo‘yicha ilmiy asoslangan seminarlar o‘tkazildi va tegishli tavsiyalarni berildi. 

Xorijiy va mahalliy g‘o‘za navlari ekilgan maydonlarda g‘o‘zaning vilt, ko‘sak va tola kasalliklarini, hamda zararli hasharotlar bo‘yicha fitosanitar nazorat olib borildi. 

Kuzatuv jarayonida, zararlangan o‘simliklardan olingan namunalar laboratoriya sharoitida kasallik qo‘zg‘atuvchi potogen turlari  ajratib olinib aniqlandi va aniqlash davom etmoqda.