Shrift o'lchami:

A

A

Sayt rangi:
A
A
A

Laboratoriya yangiliklari

Laboratoriya yangiliklari

✅O'simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti ''Zararkunanda va kasalliklardan biologik himoya qilish'' laboratoriyasi xodimlarining izlanishlari natijasida xozirda yangi bioobekt, yirtqich hasharotlar turkumiga kiruvchi – Orius laevigatus entomofagini bioekologik xususiyatlari hamda laboratoriya sharoitida ko’paytirish usullari bo’yicha tadqiqotlar olib borilmoqda.

📌Ushbu bioobekt o‘simlik zararkunandalariga qarshi biologik kurashda entomofag sifatida foydalaniladigan, ayniqsa tripslarga qarshi samarali bo‘lgan yirtqich hasharotlar turkumiga kiradi. 

Ular o‘ljasining gemolimfasi bilan oziqlanadi, o‘zlarining xartumchalari bilan teshadi va kuniga 50-ta gacha tripsni yeyishi, shuningdek, o‘rgimchakkana, mayda lichinkalar, oqqanotlar va shiralar bilan oziqlanishi mumkin.