Shrift o'lchami:

A

A

Sayt rangi:
A
A
A

Laboratoriya yangiliklari

Laboratoriya yangiliklari

“Yaylov, yem-xashak, moyli va dorivor o‘simliklarning zararli organizmlariga qarshi kurashish” laboratoriyasining mudiri, q.x.f.d., professor N.X.Tufliyev 2025-yilgi ish rejasiga muvofiq zararli chigirtkalarni 2025-yil mavsumda bioekologik rivojlanish xususiyatlarini o‘rganish, ularni tarqalishi, qishloq xo‘jalik ekinlariga keltiradigan xavfi bo‘yicha ilmiy ma’lumotlar to‘plash hamda yaylovlarda uchraydigan boshqa zararli organizmlarning tur-tarkibi va zararini o‘rganish bo‘yicha vaziflarani bajarish ko‘zda tutilgan edi. Ushbu maqsadda Qashqadaryo viloyatida tadqiqotlar olib borildi. Keyingi yillarda xususan O‘zbekistonda ham global iqlimning keskin o‘zgarishi natijasida hasharotlarning ham rivojlanish va tarqalish xususiyatlarida ham namoyon bo‘lmoqda xususan zararli chigirtkalarning tuxum ko‘zachalaridan erta chiqishi va baland tog‘ hududlarga ko‘chib o‘tishi holatlari qayd etilmoqda. Joriy yilda Marokash chigirtkasining tuxum ko‘zachalaridan chiqish 2025 yil, 22-mart kunidan boshlangan bo‘lsa, hozirgi kunda viloyat hududida joylashgan Dehqonobod, Qamashi, Yakkabog‘, Kitob, Chiroqchi va G‘uzor tumanlarida dengiz sathidan 350-1800 m, balandlikdagi mavsumiy o‘simliklar mavjud bo‘lgan tog‘ va tog‘oldi yaylovalarida Marokash chigirtkasining 2-3-4-5 yosh lichinkalarining rivojlanayotganligi kuzatildi. 
Ma’lumki Marokash chigirtkasining tuxum ko‘zachalaridan chiqqan dastlabki kunlarda kimyoviy ishlovlar olib borilgan bo‘lsada, oradan 15-20 kun o‘tgandan keyin keyingi chiqqan Marokash chigirtkasining yangi lichinkalari chiqqanligi sababli takroran ishlovlar olib borishga to‘g‘ri kelayotganligi kuzatildi. 
Tavsiyalar.
Qashqadaryo viloyatida tarqalgan to‘da hosil qiluvchi asosiy zararli tur Marokash chigirtkasiga qarshi kurashishni ularning lichinkalik davrida jadal o‘tkazish talab etishini hisobga olib, ularni egallagan maydoni kengayib ketmasligi hamda yaylovlar va qishloq xo‘jalik ekinlariga zarar keltirishini oldini olish maqsadida takroran bo‘lsa ham ularning soni 1 m.kv. maydonda 5-10 donadan oshganda kimyoviy ishlovlarni olib borish tavsiya etildi.
Shuningdek Qashqadaryo viloyati yaylovlarida otbosar, kichik krestovichka, pegaya krestovichkasi, turkman chigirtkasi va hakazo to‘da hosil qilmaydigan turlar ham tarqalganligi aniqlandi va ushbu tur chigirtkalarga qarshi ularning soni 1 m.kv. maydonda 10-15 donadan oshganda kimyoviy ishlovlarni o‘tkazish tavsiya etildi.