Bizning manzil:
111215, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur ko'chasi 4-uy Elektron manzil: ilmiymarkaz@karantin.uzLaboratoriya yangiliklari

“Yaylov,yem-xashak,moyli va dorivor o'simliklarning zararli organizmlariga qarshi kurashish” laboratoriyasi xodimlari tomonidan bedaning asosiy zararkunandalaridan ajratib olingan entomopatogen zamburug' va bakteriya namunalarining turlarini aniqlash maqsadida, “Don va don-dukkakli ekinlarning zararli organizmlariga qarshi kurashish” laboratoriyasi ilmiy xodimlari bilan hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
Ajratib olingan zamburug' va bakteriya turlari orasidan yuqori patogenli turlari belgilab olindi. Aniqlangan yuqori patogenli turlari zamburug' va bakteriyalarning kelgusida bedaning asosiy zararkunandalariga qarshi sinash maqsadida, meyoriy haroratda saqlashga va ayrim mikroorganizmlar turlarini esa qaytadan maqbul ozuqa muhitlarda ko‘paytirish uchun ajrartib olindi.